15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 14 oktabr soat 20 dan 15 oktabr soat 20 gacha

15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 14 oktabr soat 20 dan 15 oktabr soat 20 gacha

14.10.2024

MUHIM HODISALAR
14-17 oktabr kunlari respublika hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.
14-17 oktabrda havo harorati kechalari 3-8o iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2o sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18o gacha asta-sekin pasayadi.
14-15 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.
14 oktabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 14 oktabr soat 20 dan 15 oktabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 13-15° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
 Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3o iliq, kunduzi 8-13° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. 
Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 0-2° sovuqqacha, kunduzi 11-16° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi. 
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 12-17° bo‘ladi.
TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLAR
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.