19-21 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
17.09.2024
19-21 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 sentabrda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 20-21 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 19-20 sentabrda 25-30°, 21 sentabrda 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 sentabrda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 20-21 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 19-20 sentabrda 25-30°, 21 sentabrda 27-32° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 sentabrda kechga tomon Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32°, 21 sentabrda 29-34° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 19-20 sentabrda 25-30°, 21 sentabrda 27-32° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-20 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi. 21 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 19-20 sentabrda 18-23°, 21 sentabrda 20-25° bo‘ladi.