O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 23-25 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 23-25 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

23.08.2024

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

Hududning katta qismida bugun va ertaga havo harorati 34-37o atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi, harorat 30-33o atrofida, janubda 35-37o gacha bo‘ladi.

Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 23-24 avgust kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Asosan sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, tog‘li hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

 

Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, shanba kuni kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari 19-22o, bugun va ertaga kunduz kunlari 33-36o, yakshanba kuni 31-36o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 23 avgust

O‘zgidromet