O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 9-11 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
09.08.2024
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 40-42o, janubida ba’zi joylarda 45o gacha bo‘ladi.
Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga salqin havo kirib kelishi boshlandi. Hafta o‘rtasida ushbu hududda kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduz kuni havo harorati 32-37o gacha pasayadi.
Dam olish kunlari nisbatan salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Havo harorati kunduz kunlari 33-38o atrofida, respublika janubida
39-41o gacha bo‘ladi.
Bu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyatining va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda
11 avgust kuni momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Poytaxtimizda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi,
vaqti-vaqti bilan 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechalari 10 avgustda 24-26o, 11 avgustda 22-24o, kunduz kunlari
9 avgustda 39-41o, 10-11 avgustda 34-37o bo‘ladi.
2024 yil 9 avgust
O‘zgidromet