28-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.07.2024
28-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cho’l hududlarida ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°,
janubda ba’zi joylarda 45° gacha, shimolda 32-37° gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33° bo‘ladi.