Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati
12.07.2024
2024 yilning 9 iyul kuni quyidagi suv obyektlarida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdoriga yer usti suvlaridan namunalar olindi:
- Bo‘zsuv kanali – Teleminora hududi. Mis bo‘yicha-2,1 REM konsentratsilarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 8,57 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII-0,65.
- Anxor kanali – Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Neft mahsulotlari bo‘yicha 1,5 REM, mis bo‘yicha 2,2 REM oshish qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 13,50 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf - toza suvlar, SII-0,85.
- Burjar kanali- Megic sity bog‘i hududi. Mis bo‘yicha-2,1 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 7,51 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf-toza suvlar (SII-0,68).
- Salar kanali – Ekoparkdan quyida. Mis bo‘yicha-4,6 REM, neft mahsulotlari bo‘yicha 1,2 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,74 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,33.
- Qorasuv kanali – Furqat parki xududi. Mis bo‘yicha-2,5 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,61 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf - toza suvlar, SII-0,85.
- Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Mis bo‘yicha-1,7 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 8,89 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati toza suvlar - II sinf, SII-0,53.
- Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi gidrotexnik inshoat. Mis bo‘yicha-1,9 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,31 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati - II sinf toza suvlar, SII-0,83.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv tahlillari natijasi kimyoviy tahlil ko‘rsatkichlari bo‘yicha toza va o‘rtacha ifloslangan suvlarga to‘g‘ri keladi
Ma’lumot uchun: Suv ifloslanish indeksi (SII) yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.