O‘zgidromet xodimlari Butunjahon meteorologiya tashkilotining malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi

O‘zgidromet xodimlari Butunjahon meteorologiya tashkilotining malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi

24.08.2021

O‘zgidromet xodimlari Butunjahon meteorologiya tashkilotining malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi

Butunjahon meteorologiya tashkiloti tomonidan tashkilotga a’zo davlatlardagi soha mutaxassislarining malakasini oshirish va tajriba almashish maqsadida 2021 yilning may-iyul oylarida “Gidravlika, gidrologiya fanlari hamda gidrometeorologiyaning ilg‘or mavzulari” mavzusida masofaviy o‘quv kursi tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zgidromet nomidan Gidrologik kuzatuvlar tarmog‘i bo‘limi boshlig‘i G. Hamdamova va Qisqa muddatli ob-havo prognozlari guruhi muhandisi S. Kalabaevlar ishtirok etishdi. Deyarli uch oy davom etgan masofaviy o‘quv kursi yakunida har ikkala xodimimiz ham kursni muvaffaqiyatli yakunlab, Butunjahon meteorologiya  tashkilotinining sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.

Mazkur masofaviy o‘quv kursi asosan uchta qismdan iborat bo‘ldi, birinchisi – gidravlika faniga oid bilimlar, jumladan suv omborlari konstruksiyasi va ulardan xavfsiz foydalanish, gidrologiya sohasiga oid so‘nggi yangiliklar va oxirgi uchinchi qismida gidrometeorologiya sohasiga oid yangi metodlar va dasturiy ta’minotlarning ishlash prinsiplari bilan yaqindan tanishishdi va kurs yakunida har bitta ishtirokchi kurs davomida o‘tilgan mavzulardan mustaqil “Essay” yozib, topshirishdi. Bu kursga Osiyo mintaqasidan jami 180 dan ortiq mutaxassis qatnashgan bo‘lsa, shundan 60 ga yaqini kursni muvaffaqiyatli yakunladi. Biz ularning kelgusidagi ishlariga omad tilab qolamiz.

123