10-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.07.2024
10-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi,
faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 40-42° gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog‘inarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.