15-17 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
13.05.2024
15-17 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 15 mayda 28-33° bo‘ladi, 16-17 mayda 23-28° gacha pasayadi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 15 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 28-33°, 16-17 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 15 mayda 30-35°, 16-17 mayda 28-33° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 va 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 15 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°, ba’zi joylarda 38° gacha; 16-17 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15 va 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 va 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 20-25°, 16 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°, 17 mayda kechasi 8-13o, kunduzi 17-22° bo‘ladi.