7-9 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

7-9 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

05.05.2024

7-9 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 7 mayda 25-30°, 8-9 mayda 22-27° bo‘ladi. BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-8 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 29-34°; 9 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat; 7 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°; 8 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°; 9 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 29-34°; 8 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 29-34°; 9 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7-8 mayda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7 mayda kechasi 5-10o, kunduzi 13-18°; 8 mayda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°; 9 mayda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 14-19° bo‘ladi.