O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-23 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-23 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.02.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-23 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston hududiga kirib kelgan sovuq havo massasi o‘z ta’sirini saqlanb turadi.

Ushbu hafta davomida havo harorati asosan kechalari 3-8o sovuq, shimolda 7-12o sovuq, ba’zi joylarda 16o sovuqqacha, kunduz kunlari 19-20 fevralda 3o sovuq-2o iliq, 21-23 fevralda 0-5o iliq atrofida bo‘ladi.

Bugun kunduzi ko‘pchilik viloyatlarda ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga 20 fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

21-23 fevral kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Poytaxtimizda: bugun kunduzi, shuningdek 20 fevralda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 21-23 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8o sovuq, kunduzi 19-20 fevralda 2o sovuq-3o iliq, 21-23 fevralda 0-5o iliq bo‘ladi.