10 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 9 dekabr soat 20 dan 10 dekabr soat 20 gacha
09.12.2023
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma - bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.
10 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 9 dekabr soat 20 dan 10 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3o sovuq, kunduzi 5-7o iliq boʻladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi,ba’zi joylarda qor yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shardan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq bo‘ladi.