22 NOYABR OB-HAVO PROGNOZI 21 noyabr soat 20 dan 22 noyabr soat 20 gacha
21.11.2023
21 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22 noyabrda respublikaning katta qismida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.
22 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
22-23 noyabrda respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 3-6 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
22-23 noyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
22 NOYABR OB-HAVO PROGNOZI
21 noyabr soat 20 dan 22 noyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi yomg’ir yog’adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.