11-13 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

11-13 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

09.11.2023

11-13 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 noyabrda kechasi 3-8° iliq, 12-13 noyabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 11 noyabrda kunning ikknchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog’adi. 12-13 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 noyabrda kechasi 3-8° iliq, 12 noyabrda 1-6° iliq, kunduzi 11-12 noyabrda 11-16° iliq; 13 noyabrda 13-18° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 11 noyabrda 3-8° iliq, 12-13 noyabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 11 noyabrda kunning ikknchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog’adi. 12-13 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-12 noyabrda 3-8° iliq, 13 noyabrda 1-6° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 noyabrda 5-10° iliq, 13 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 noyabrda 3-8° iliq, 13 noyabrda 1-6° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo o’zgarib turadi, 11-12 noyabrda vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 13 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11 noyabrda 10-15° iliq, 12-13 noyabrda 7-12° iliq bo’ladi.