Ish haftasi oxirida havo keskin sovuqlashadi
09.10.2023
O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 9-13 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
9-11 oktabrda O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va o‘rtacha iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari 11-16o, kunduz kunlari 25-30o bo‘ladi.
11 oktabrda respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlariga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayadi. Havo harorati 12-17o gacha pasayadi.
12-13 oktabr kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 12 oktabrda, shuningdek, 13 oktabrda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 13 oktabrda kunduzi faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 6-11o gacha, shimolda 2-7o iliqgacha, kunduz kunlari 12-17o gacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 12-13 oktabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi.
Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi.
Poytaxtimizda: havo o‘zgarib turadi, 9-11 oktabr kunlari yog‘ingarchilik kutimaydi, 12 oktabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 13 oktabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat: 9 oktabrda 25-27o, 10-11 oktabrda kechasi 12-15o, kunduzi 27-29o, 12 oktabrda kechasi 14-16o, kunduzi 24-26o, 13 oktabrda kechasi 6-9o, kunduzi 12-15o bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.