5-7 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

5-7 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

03.10.2023

5-7 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, 5-6 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 7 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5 oktabrda 8-13°, 6-7 oktabrda 7-12°, kunduzi 18-23° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 5 va 7 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-6 oktabrda 10-15°, 7 oktabrda 7-12°, kunduzi 5 oktabrda 25-30°, 6-7 oktabrda 20-25°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 7-12°, kunduzi 18-23° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 5 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-7 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-6 oktabrda 10-15°, 7 oktabrda 7-12°, kunduzi 5 oktabrda 25-30°, 6-7 oktabrda 20-25° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 5 oktabrda 27-32°; 6 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 7 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 5 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-7 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 5 oktabrda 23-28°, 6-7 oktabrda 20-25° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 5 oktabrda 15-20°, 6-7 oktabrda 10-15° bo’ladi.