2023 YIL AVGUST OYIDA O‘ZBEKISTONDA OB-HAVO ShAROITI
06.09.2023
Shunday qilib, yozning oxirgi oyi ham tugadi.
Joriy yilning avgust oyi harorat tartibi bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi.
Oy issiq havo bilan boshlandi. Avgust oyining boshida havo 39-41o gacha isidi, cho‘l hududlarda va eng chekka janubda ba’zi joylarda 43o gacha bo‘ldi. So‘ng oyning oxirigacha harorat pasayishi va ko‘tarilishi davrlari bir-biri bilan o‘rin almashib turdi, lekin havo harorati 40o belgisiga yetmadi.
Oy oxirida O‘zbekiston bo‘yicha kunduzgi harorat 23-26o gacha, janubda 30o gacha pasayishi kuzatildi.
Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha 2023 yil avgust oyida maksimal harorat eng issiq yillarda avgust oyida kuzatilgan maksimal haroratdan past bo‘ldi.
Bu farq, ayniqsa, O‘zbekistonning eng issiq hududlarida: Orolbo‘yi mintaqalarida, respublikaning cho‘l hududlarida va eng chekka janubda sezilarli bo‘ldi.
Ushbu hududlarda mutlaq maksimal havo harorat 44-47o bo‘lsa, joriy yilning avgust oyida maksimal harorat 40-41o dan oshmadi va faqat eng chekka janubda 43o ga yetdi.
Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyi - yilning eng qurg‘oqchil oyi hisoblanadi. Yomg‘ir ko‘pincha tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuzatiladi. Respublikaning tekislik hududlari bo‘yicha yomg‘ir har yili yog‘maydi va ular mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi.
Bu yilning avgust oyi yomg‘irlar yog‘ishi tavsifi bo‘yicha juda g‘ayritabiiy bo‘ldi. Oyning katta qismi quruq bo‘ldi. Ammo so‘nggi besh kunlikda respublika bo‘yicha deyarli barcha hududlarda yomg‘ir yog‘di, bu kuzning birinchi xabarchilari bo‘ldi.
Ayrim hududlarda bir kecha-kunduz uchun yog‘ingarchilik miqdori avgust oyining oylik me’yoridan bir necha marta ko‘p bo‘ldi. Shunday qilib, 8 avgustda Toshkent viloyatining baland tog‘larida (Oygaing QKS) oylik me’yor 22 mm bo‘lganda - 56 mm, Sariosiyoda oylik me’yor 0,4 mm bo‘lganda –3 soat 10 daqiqada 35 mm, 28 avgustda Qo‘qon hududida oylik me’yor 5 mm bo‘lganda – 20 daqiqada 35 mm yog‘ingarchilik kuzatildi.
Toshkentda oylik me’yor 2 mm bo‘lganda 27 avgustda - 8 mm, 31 avgustda esa 6 mm yomg‘ir yog‘di.
Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda, Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida oylik yog‘ingarchilik miqdori butun kuzatuvlar tarixida rekord bo‘ldi.