4 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
04.09.2023
4 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27o bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.