2023 YIL SENTABR-NOYABR MAVSUMIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA METEOROLOGIK PROGNOZ

2023 YIL SENTABR-NOYABR MAVSUMIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA METEOROLOGIK PROGNOZ

25.08.2023

SENTABR

O‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5o ga yuqori bo‘lib, 18-25o ni tashkil etadi
(1-rasm).

 

 

1-rasm. O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

 

Oyning birinchi yarmida harorat asosan kechalari 13-18o, kunduz kunlari 33-38o bo‘ladi.

Oyning ikkinchi yarmida harorat kechalari 13-18o dan 8-13o gacha, kunduz kunlari 30-35o dan 23-28o gacha o‘zgarib turadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda (me’yor 3-8 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 0,0-2 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 9-28 mm gacha) (2-rasm).

 

 

2-rasm. Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun  yog‘ingarchilik me’yori prognozi

 

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, janubda esa yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.

 

OKTABR

 

O‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha me’yor atrofida bo‘lib, 10-12o ni, janubda 16-18o gachani tashkil etadi (3-rasm).

 

3-rasm. O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

 

Oy davomida harorat kechalari 10-15o iliqdan 3-8o iliqgacha o‘zgarib turadi, oy oxirida 0-2o sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 23-28o iliqdan 13-18o iliqgacha o‘zgarib turadi.

Shimolda, oy davomida havo harorati kechalari 8-13o iliqdan 1-6o iliqgacha o‘zgarib turadi, 0-3o sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari
12-17o iliqdan 20-25o iliqgacha o‘zgarib turadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p, shimolda va janubda ba’zi joylarda me’yordan kam (me’yor 12-26 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3-11 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 27-70 mm gacha) (4-rasm).

 

 

4-rasm. Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun  yog‘ingarchilik me’yori prognozi

 

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

 

NOYaBR

O‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, 2-8o iliqni, janubda 10o iliqgachani tashkil etadi (5-rasm).

 

 

5-rasm. O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

 

Oylik yog‘ingarchilik miqdori

O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik me’yorga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda, faqat respublikaning janubi-g‘arbida biroz ehtimollik bilan yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.

Noyabr oyida yog‘ingarchilik me’yori 37-48 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida 8-36 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 65-113 mm gacha bo‘ladi (6-rasm).

6-rasm. Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun  yog‘ingarchilik

me’yori prognozi

 

Mavsumiy prognozdan maslahatomuz prognoz sifatida foydalanish lozim.

 

2023 yil 25 avgust

O‘zgidromet