2023 yil iyul oyi uchun kuzatuvlar tahlili

2023 yil iyul oyi uchun kuzatuvlar tahlili

03.08.2023

2023 yil iyul oyi barcha joylarda iqlimiy me’yordan 1,5-2,5o ga iliqroq bo‘ldi.

O‘zbekistonda yoz faslining o‘rtasi odatda qanday issiq bo‘lsa ushbu yilning iyul oyi katta qismi ham shunday issiq bo‘ldi.

Oyning harorat tartibi har turli bo‘ldi. Birinchi o‘n kunlikda O‘zbekiston hududiga Kavkazdan salqin havo kirib keldi va hududning katta qismida 32-36o atrofida bo‘lgan qulay havo harorati kuzatildi va hatto respublikaning eng chekka janubida ham harorat 37-39o dan yuqoriga ko‘tarilmadi.

Ammo ikkinchi o‘n kunlikning boshidan boshlab yoz respublika hududida o‘z ta’sirini o‘tkazishga qaror qildi. Respublika hududiga Erondan yana issiq tropik havo kirib kelishi boshlandi va harorat ko‘tarildi. O‘zbekistonning katta qismida kunduzgi harorat 37-40o atrofida, eng issiq davrlarda esa 41-42o gacha, janubda 43-45o gacha, cho‘l hududlarda va Orolbo‘yida 46o gacha bo‘ldi.

 

 

Iyul oyida harorat 40o va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni: Toshkentda 8 kun (o‘rtacha yillik qiymati (me’yor) 2 kun), Termiz shahrida 24 kun (me’yor 16 kun), Nukusda 8 kun (me’yor 4 kun) qayd etildi.

Issiq ob-havo bo‘lishiga qaramay, iyul oyida maksimal havo harorati yangi rekordlarni o‘rnatmadi.

 

Meteostansiya

2023 yil iyul oyida maksimal havo harorati

Barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimal harorat

Toshkent

42,3

44,6/1997 yil

Nukus

43,0

46,0/2018 yil

Mo‘ynoq

45,8

46,5/2019 yil

Urganch

44,2

45,5/2018 yil

Buxoro

43,6

46,0/1997 yil

Jongeldi

45,2

49,0/1983 yil

Navoiy

44,2

45,9/2021 yil

Buzaubay

46,1

49,5/1983 yil

Samarqand

40,6

42,4/1983 yil

Jizzax

41,1

44,5/1919 yil

Guliston

42,2

45,0/1944 yil

Qarshi

44,1

47,4/1944 yil

Termiz

44,6

48,6/1914 god

Andijon

40,8

41,7/1953 god

Namangan

41,5

42,4/2021 god

Farg‘ona

41,9

42,2/1944 god

 

Eng issiq iyul oyi reytingida 2023 yil iyul oyi hududning kattta qismi bo‘yicha 2019 va 2021 yillarning iyul oylaridan so‘ng birinchi uchlikka kirdi. Respublikaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlari bo‘yicha bu yilning iyul oyi eng issiq iyul oylar orasida 4-6-o‘rinni egalladi.

2023 yil iyul oyi quruq bo‘ldi, bunday holat O‘zbekiston bo‘yicha ushbu oy uchun xosdir. Hududning katta qismida yomg‘ir umuman yog‘madi yoki ularning miqdori biroz bo‘ldi. Faqat respublikaning tog‘li hududlarida bir oy ichida 13 mm dan 30 mm gacha, Toshkent viloyatining baland tog‘larida va Qamchiq dovonida esa oy uchun yog‘ingarchilik
35-48 mm gacha bo‘ldi.