2023 YIL AVGUST – IQLIM VA PROGNOZ

2023 YIL AVGUST – IQLIM VA PROGNOZ

31.07.2023

Shunday qilib, yozning so‘nggi oyi keldi.

O‘zbekistonda avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyining o‘rtacha oylik haroratidan 1,5-2,5o ga past, ammo baribir bu juda issiq oydir.

Issiq ob-havo cho‘qqisida havo harorati 40-43o ga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida esa 44-47o ga yetadi.

Shunday qilib, Toshkentda barcha kuzatuv yillari uchun avgust oyida maksimal harorat 43,1o ni tashkil etadi, bu holat 1944 yil 8 avgustda qayd etilgan. Ushbu qiymatga yaqin bo‘lgan maksimal harorat 2011 yil avgust oyida kuzatilgan (43,0o) edi.

O‘zbekistonda barcha kuzatuv yillari uchun 2021 yilning avgust oyi eng issiq bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat me’yordan 1,5-2,5o ga yuqori bo‘ldi. Biroq, 2021 yil avgust oyida ekstremal yuqori harorat kuzatilmadi. Toshkentda maksimal havo harorati 40,0o belgisidan bir marta bo‘lsa ham yuqoriga ko‘tarilmadi.

Iyul bilan taqqoslaganda, odatda avgust oyida salqin havo kirib kelishi soni ko‘payadi, shuning uchun avgust oyida havo harorati 40o va undan yuqori bo‘lgan davrlar qisqa muddatli bo‘lib, hududning ko‘p qismida 2-3 kundan ko‘p bo‘lmaydi.

Avgust - yilning eng quruq oyidir. Yomg‘irlar ko‘pincha tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuzatiladi. Respublikaning tekislik hududlariga yomg‘ir har yili yog‘maydi va yomg‘ir kuzatilganda esa mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi.

Dunyoning yetakchi prognostik markazlari hisob-kitoblarini jalb qilgan holda, O‘zgidromet tomonidan tuzilgan dastlabki baholash bo‘yicha ushbu yilning avgust oyi o‘rtacha issiq bo‘ladi.

Oyning dastlabki besh kunligida maksimal havo harorati 35-40o atrofida bo‘ladi, so‘ngra harorat foni 33-38o gacha pasayadi.

Keyinchalik avgust oyi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Kunduz kunlari harorat asosan 33-38o atrofida, ayrim kunlarda 40o gacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida haroratg 30-33o gacha qisqa muddatli davrga pasayishi mumkin.

Faqat respublikaning ayrim, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.