O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 31 IYUL-4 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
31.07.2023

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi.
Kunduz kunlari havo 35-40o gacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42o gacha isiydi.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida 1 avgust kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
31 iyul va 1 avgustda shimolda va cho‘l hududlarda, 3-4 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Keyingi dam olish kunlari esa harorat foni biroz pasayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat 33-38o atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda: havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-6 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 8-10 m/s gacha kuchayadi. Harorat 31 iyul-4 avgustda 38-40o atrofida bo‘ladi.