Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati
28.07.2023
2023-yil 26 iyul kuni suv ifloslanishi indeksi boʻyicha (SII) kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdorini aniqlash uchun yer usti suvlaridan namunalar olindi va tahlil qilindi:
- Boʻzsuv kanali — Teleminora hududi. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,05.
- Qorasuv kanali — Furqat bogʻi hududida. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,46.
- Salar kanali — Ekoparkdan quyida. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 2,2.
- Anxor kanali — Kichik xalqa yoʻlidan quyida. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII – 0,63.
- Boʻrijar kanali – Magic city bogʻi hududi. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII – 1,63.
Oldingi hafta bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi. Suv ifloslanishi indeksi (SII) bo'yicha qabul qilingan tasnifga muvofiq Toshkent shahar kanallari II va III sinflarga tegishli bo'lib, toza va oʻrtacha ifloslangan suvlarga to'g'ri keladi.
Ma'lumot uchun: Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv ob'ektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.