28 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 27 iyul soat 20 dan 28 iyul soat 20 gacha

28 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 27 iyul soat 20 dan 28 iyul soat 20 gacha

27.07.2023

MUHIM HODISALAR

27-30 iyulda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

28 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

27 iyul soat 20 dan 28 iyul soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kucahyishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda  qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 37-42° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.