27 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.07.2023

MUHIM HODISALAR

27-30 iyulda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

27 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona viloyatida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-42°, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-17 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 38-40° bo‘ladi.

Tog’li hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-18 m/s gacha bo’lishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.