23 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
23.07.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 24-27 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati:
24-25 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 41-42 darajagacha;
24-27 iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 42-44 darajagacha;
25-27 iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-42 darajagacha ko‘tariladi.
24-26 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
23 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40o, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 41-43o gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40o bo‘ladi.
Tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33° bo‘ladi.