21 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.07.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 24-27 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati:

24-25 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 41-42 darajagacha;

24-27 iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 42-44 darajagacha;

25-27 iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-42 darajagacha ko‘tariladi.

24-26 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

 
21 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38o, janubda ba’zi joylarda 40-42o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38o bo‘ladi.

Tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, Farg’ona viloaytining ayrim tog’li hududlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.