19 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
19.07.2023
19 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarining cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38o, janubda ba’zi joylarda 40-42o gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-38o bo‘ladi.
Tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.