18 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.07.2023

18 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40o,
ba’zi joylarda 41-42o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41o bo‘ladi.

Tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-34° bo‘ladi.