18-20 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
16.07.2023
18-20 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 18 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 19-20 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 31-36° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 18 iyulda 39-44°, 19-20 iyulda 33-38° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°,
kunduzi 18 iyulda 35-40°, 19-20 iyulda 33-38° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 18 iyulda 39-44°, 19-20 iyulda 36-41° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 19 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° gacha ko’tariladi.