O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 16-18 IYuN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 16-18 IYuN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.06.2023

DAM OLISh KUNLARI ISSIQ BO‘LADI.

 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati ushbu davr uchun iqlimiy me’yorlardan 5-8o ga yuqori bo‘ladi.

Kunduzi havo 38-41o gacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-43o gacha isiydi. Bunday qiymatilargacha havo 2016 va 2021 yillarning eng issiq iyun oylarida isigan.

Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Poytaxtimizda havo bulutsiz bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan 38-40o bo‘ladi.