O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 19-21 MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
19.05.2023
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati 25-30o, janubiy hududlarda 35o atrofida bo‘lgan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
20 mayda faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
21 mayda O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va 31-33o ni, janubda va cho‘l hududlarda 35-38o ni tashkil etadi.
19-20 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27o bo‘ladi.
Shanba kuni: qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17o, kunduzi 27-29o bo‘ladi.
Yakshanba kuni: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18o, kunduzi 28-30o bo‘ladi.