3 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 2 may soat 20 dan 3 may soat 20 gacha
02.05.2023
3 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
2 may soat 20 dan 3 may soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 25-27° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 29-34° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.