O‘zbekiston bo‘yicha 10-14 aprel kunlariga ob-havo prognozi
10.04.2023
Ish haftasining ikkinchi yarmi juda iliq bo‘ladi.
Bugun atmosfera fronti o‘tishida markaziy va sharqiy hududlar bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 15-20o ni tashkil etadi.
Seshanba kunidan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Horazm viloyatida 14 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, 29-32o ni tashkil etadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 35-37o gacha bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 11-14 aprel kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 10-11 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
10-11 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
10-11 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
Bugun poytaxtimizda: vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Chorshanba kunidan boshlab havo jadal isiy boshlaydi. Dushanba va seshanba kunlari kunduzgi havo harorati 16-19o, juma kuniga kelib, 30-32o atrofida bo‘ladi.