TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

03.03.2023

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

Joriy yil 4-10 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;

Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumanida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.