TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

21.02.2023

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

2023-yil 24-26-fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 21-28-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo,  Boysun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumanida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

 

фото