O‘zbekiston bo‘yicha 20-24-fevralga ob-havo prognozi
20.02.2023
Hududning katta qismida ish haftasi davomida havo iliq bo‘ladi
Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi iliq havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi.
Harorat foni nisbatan tekis bo‘ladi. Havo harorati asosan kechalari 2-7o iliq, kunduz kunlari 13-18o iliq, ayrim kunlarda 20-22o iliqgacha bo‘ladi.
Haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 22-fevral chorshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlar, eng chekka janub va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Juma kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 24-fevral kuni ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, kunduzgi harorat 3-6o iliqgacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari sovuq va nam havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.
Poytaxtimizda: 20-24-fevral kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22-fevralda kunnning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 3-6o iliq, kunduz kunlari 16-20o iliq, 22-fevralda 14-15o iliq bo‘ladi.