14 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
14.02.2023
MUHIM HODISALAR
14-18 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
14-20 fevralda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor
14 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9о iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5о iliq bo`ladi.