O‘zbekiston bo‘yicha 13-17-fevralga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 13-17-fevralga ob-havo prognozi

13.02.2023

Ushbu xafta davomida O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududida bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik, 16-17-fevralda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

14-16-fevralda respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ushbu haftaning harorat foni fevral oyining o‘rtasi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yorga yaqin bo‘ladi. Kechalari havo harorati 0-5o iliq, kunduz kunlari asosan 6-11o iliq atrofida bo‘ladi. Respublika shimolida haftaning birinchi yarmida kechalari 5-10o sovuq, kunduz kunlari 0-5o iliq, ikkinchi yarmida esa kechalari 2-7o sovuq, kunduz knulari 2-7o iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14-15- va 17-fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, 16-fevralda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechalari 0-3o iliq, kunduz kunlari 7-10o iliq atrofida bo‘ladi.