O‘zbekiston bo‘yicha 10-12-fevralga ob-havo prognozi
10.02.2023
Kecha O‘zbekiston hududiga sovuq kirib keldi. O‘zbekiston hududining kata qismida yomg‘ir yog‘di va yomg‘ir qorga aylandi. Sinoptiklar va’da qilganidek, sovuq uncha kuchli bo‘lmadi. O‘tgan kechasi havo harorati 4-7o sovuqgacha, shimolda 10-12o sovuqgacha, Ustyurtda 14-16o sovuqgacha pasaydi.
Bugun ertalabga kelib, hududning katta qismida qor yog‘ishi to‘xtadi. Faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida biroz qor yog‘ishi saqlanib turipti. Bugun kunduzi havo harorati 2o sovuq-3o iliq atrofida bo‘ladi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.
Kechalari sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari 2-7o sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 2-5o iliqgacha, janubda 7-9o iliqgacha isiydi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 9-10-fevral kunlari kuchli qor yog‘ib o‘tdi. Qor qoplamining balandligi ikki kecha-kunduzda 60-70 sm ga oshdi va 150 sm ga yetdi, bu me’yordan deyarli 2 barabor ko‘p. Yangi yog‘gan qor beqaror holatda, shuning uchun qor ko‘chish xavfi juda yuqori. Tog‘larga borganingizda juda extiyot bo‘ling!