10 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.02.2023

MUHIM HODISALAR
10-13 fevralda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor

10 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxandaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarida biroz qor yog`adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax. Sirdaryo viloyatlarida ertalab ba`zi joylarida biroz qor yog`ishi mumkin.Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Farg`ona vodiysi bo`yicha ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayadi.
Harorat 20 sovuq-3o iliq, shimolda 2-7o sovuq bo‘ladi.

Toshkentda Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 sovuq-1o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-70 sovuq bo`ladi.