12 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.01.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 12-15 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi saqlanib turadi.

12-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17o sovuqgacha, ba’zi joylarda 20o sovuqgacha, shimolda kechalari 20-25o sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 27-30o sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10o sovuqgacha, ba’zi joylarda 12 o sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 8-13o sovuqgacha, kunduz kunlari 3-8 o sovuqgacha pasayadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

12-16 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.

 

12 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12o sovuq bo’ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12o sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkin. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15o sovuq bo‘ladi.