12 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 11 yanvar soat 20 dan 12 yanvar soat 20 gacha
11.01.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 11-15 yanvar kunlarii O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi saqlanib turadi.
11 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
11-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17o sovuqgacha, ba’zi joylarda 20o sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10o sovuqgacha, ba’zi joylarda 12o sovuqgacha; shimolda kechalari 20-25o sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 27-30o sovuqgacha, kunduz kunlari 12-17o sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 8-13o sovuqgacha, kunduz kunlari 3-8 o sovuqgacha pasayadi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
11-16 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.
12 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
11 yanvar soat 20 dan 12 yanvar soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19o sovuq, kunduzi 9-11o sovuq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, Ustyurtda 27-30° sovuqgacha, kunduzi 12-17° sovuq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, cho’l hududlarda kechasi 27-30° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, ba’zi joylarda 20° sovuqgacha, kunduzi 5-10° sovuq, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqgacha, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tushishi mumkin Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, kunduzi 10-15° sovuq bo’ladi.