O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-9-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-9-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

05.12.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-9-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

USHBU HAFTA SOVUQ BO‘LADI

 

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 3o sovuq -2o iliq, shimolda
4-9o sovuq bo‘ladi.

Ertaga faqat respublikaning sharqiy hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. Havo harorati kechasi 5-10o sovuq, kunduzi 3o sovuq-2o iliq, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 13-15o sovuq, ba’zi joylarda 20o sovuqgacha, kunduzi 4-9o sovuq atrofida bo‘ladi.

So‘ng ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 7-8 dekabr kunlari ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Havo harorati kechalari 3-8o sovuqni, ba’zi joylarda 10o sovuqgachani, kunduz kunlari 3o sovuq-2o iliqni, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 8-13o sovuqni, ba’zi joylarda 15-20o sovuqgachani, kunduz kunlari 2-7o sovuqni tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.

O‘zgidromet issiqroq kiyinishni, shuningdek yo‘llarda ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etadi.