O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2-4 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
02.12.2022
DAM OLISH KUNLARI SOVUQ ANTISIKLON TA’SIRI SAQLANIB TURADI
1-dekabrdan O‘zbekiston hududiga Gʻarbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massasi kirib keldi. Keyingi kunlarda sovuq havoning kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublikaning eng janubiy qismining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 0-5 o iliq, shimolda 2-5 o sovuq atrofida bo‘ladi.
Sovuq antisiklon ta’siri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 2-7 osovuq, kunduz kunlari 0-5 o iliq, shimolda kechalari 10-13 osovuq, ba’zi joylarda 15-17 o sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7 o sovuq atrofida bo‘ladi.
Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo bo‘lishi kutimloqda.