O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 28-NOYABRDAN – 2-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
28.11.2022
O‘zbekistonda kuz faslining oxirgi kunlari salqin va yomg‘irli ob-havo bilan kuzatiladi.
Bugun respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qolgan hududlarda esa tuman tushishi saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 12-17o iliqni, shimolda 0-5o iliqni tashkil etadi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Seshanba va chorshanba kunlari shimoliy hududlardan tashqari O‘zbekistonning qolgan barcha hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 29-noyabrda ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat kechasi va kunduzi 5-10o iliqni tashkil etadi.
O‘zbekistonda qish o‘z vaqtida boshlanadi. 1-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi 0-5o iliq bo‘ladi, kunduzi 2-7o iliqdan oshmaydi.
2-dekabarda mamlakatimiz hududida kam bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechasi 0-5o sovuqgacha, kunduzi 0-5o iliqgacha pasayadi.
29-noyabr – 1-dekabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.