O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-25-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-25-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

21.11.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-25-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

 

HAFTA O‘RTASIDA O‘ZBEKISTON HUDUDIGA ILIQ HAVO KIRIB KELISHI KUTILMOQDA

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida frontal bulutli chiziqlar o‘tishida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Kunduzi havo harorati 13-15o iliq, janubda 18-21o iliq atrofida bo‘ladi.

Seshanba kunidan boshlab va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 6-8o ga ko‘tariladi. Kunduzi havo harorati seshanba kuni – 15-17o iliqgacha, so‘ng esa 18-20o iliqgacha, ba’zi joylarda 23o iliqgacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida seshanbaga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

21-22-noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.