Qadrli hamkasblar! Aziz do‘stlar va kanalimiz a’zolari!
31.08.2022
«O‘zgidromet» jamoasi sizlarni Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etadi.
Tarixdan ma’lumki, har qanday xalq, har qanday millat uchun mustaqillikka erishish oson bo‘lmagan. Bu haqiqatni teran anglagan, fidokorlik va jasorat ko‘rsatgan, mustaqillik uchun kurashda jonini ham ayamagan ajdodlarimiz xotirasini e’zozlab, abadiy qalbida saqlab kelayotgan xalqmiz.
Davlatimiz yildan-yilga yanada mustahkam, ilg‘or va boy bo‘lib boraversin! Buyuk istiqbolga, muazzam tarixga ega mamlakat obod va farovon yashasin!
Sizga mustahkam sog‘liq, baxt, tinchlik, omad va davlatimiz ravnaqi uchun olib borayotgan faoliyatingizda muvafaqqiyatlar tilaymiz.