O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 29 AVGUST - 4 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
29.08.2022

Haftaning birinchi yarmida, shuningdek, bayram kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoning o‘zgarishi kutilmaydi
Haftaning birinchi yarmida va bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati haftaning birinchi yarmida 33-35° atrofida bo‘ladi. Bayram kunlari 33-37° gacha biroz issiqroq bo‘ladi. Kechalari va ertalabki soatlarda 13-18° atrofida bo‘lgan qulay harorat kuzatiladi.
Fursatdan foydalanib, O‘zgidromet sinoptiklari O‘zbekiston aholisini va mehmonlarini Mustaqillik kuni bilan tabriklaydi! Barchaga boshi uzra musaffo osmon, xonadonida iliqlik va osoyishtalik, sihat-salomatlik tilaymiz!