DIQQAT E’LON!

DIQQAT E’LON!

25.08.2022

DIQQAT E’LON!

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent gidrometeorologiya texnikumi 2022/2023 o‘quv yili uchun 10 avgustdan 10 sentabrga qadar  kunduzgi, dual va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha 11- sinf tayanch ma’lumotiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni  quyidagi yo‘nalishlarga o‘qishga qabul qiladi:

1.Meteorologiya;

2. Gidrologiya;

3. Gidrometeorologiyada aloqa va telekommunikatsiya;

4. Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish;

5. Kadastr;

6. Seysmologiya

Kunduzgi va dual ta’limda  o‘qish muddati 2 yil

Sirtqi ta’limda  o‘qish muddati 2 yil 5 oy

Toshkent gidrometeorologiya texnikumida:

- nazariy darslar amaliyot bilan bog‘liq holda  qiziqarli tashkil etiladi;

- o‘quvchilar texnikumda  olgan bilimlarini  amaliyotda  qo‘llamoqda;

- barcha fanlar yuqori darajada o‘tiladi;

- amaliyot  mashg‘ulotlari  avtomatik  meteostansiya  bilan  jixozlangan  o‘quv  meteorologik  maydonchasida o‘tkaziladi;

- texnikumda sport va faollar zali mavjud;

-texnikumda  barcha  sharoitlar yaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar  o‘rtasida  turli  ma’naviy - ma’rifiy va sport  tadbirlari  o‘tkaziladi;

-texnikumda  o‘quvchilar  turar  joyi  mavjud, o‘quvchilar  turar  joyida  barcha  sharoitlar  yaratilgan;

-texnikumda  axborot kutubxonasi faoliyat ko‘rsatadi, unda 15 mingdan ortiq darsliklar, qo‘llanmalar, siyosiy, badiiy va ilmiy adabiyotlar , gazeta va jurnallar mavjud;

- mutaxassislarni o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida masofaviy  o‘quv  xonasi mavjud.

- texnikumda dars jarayoni o‘zbek va rus tillarida olib boriladi;

-texnikum Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Arxitektura va qurilish instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Rossiya Davlat gidrometeorologiya universiteti qabi Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatilgan;

-texnikum  Butunjahon  Meteorologiya Tashqilotining  Mintaqaviy O‘quv Markazi maqomiga ega.  

 -o‘quvchilarni ro‘yxatga  olish  Davlat test  markazining my.dtm.uz saytida “ Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

O‘qishga marhamat hurmatli o‘quvchilar!

Qo‘shimcha   ma’lumotlar  uchun : telefon  71 241-40-13; 93 531-95-61